Ushbu maqolada bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining axborot-metodik kompetentligini rivojlantirishda Avogadro 3D molekulyar modellashtirish dasturidan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Organik kimyo darslarida moddalarning fazoviy tuzilishi, gibridlanish turlari, molekulyar geometriya va elektron zichlikning taqsimlanishini vizuallashtirishda dasturdan foydalanishning metodik jihatlari tahlil qilingan. Avogadro dasturining molekulyar modellarni yaratish, ularni optimallashtirish, geometrik parametrlarni
o‘lchash va ayrim hisoblash natijalarini vizual ko‘rinishda ifodalash imkoniyatlari yoritib berilgan. Shuningdek, dasturdan ta’lim jarayonida foydalanishdagi texnik va metodik cheklovlari hamda ularni ACD/ChemSketch, PowerPoint va boshqa raqamli vositalar bilan uyg‘unlashtirish orqali uni kamaytirish yo‘llari taklif etilgan.