Ushbu maqola masofaviy ta’lim tizimini virtual reallik ko‘rinishida tashkil qilish, VR asosidagi ta’lim platformalarining imkoniyatlari, afzalliklari va muammolarini tahlil qiladi. Masofaviy ta’lim tizimini virtual reallik (VR) texnologiyalari asosida tashkil qilish, zamonaviy ta’limda interaktivlik va samaradorlikni oshirish imkonini beradi. VR texnologiyalari o‘quvchilarga real vaqtda simulyatsiyalar, 3D modellar va interaktiv muhitlar orqali o‘qish imkonini yaratadi, bu esa an’anaviy masofaviy ta’limning cheklovlarini yengib o‘tishga yordam beradi. Maqolada VR ta’limning kognitiv va emotsional ta’siri, o‘quvchilarning faolligi va bilimni o‘zlashtirish darajasiga ta’siri o‘rganilgan.