Ushbu maqolada mehnat munosabatlarini takomillashtirish va inklyuziv boshqaruvni ta’minlashda raqamli HR yondashuvlarining ahamiyati tahlil qilingan bo‘lib, raqamli transformatsiya sharoitida inson resurslarini boshqarishdagi innovatsion texnologiyalar, jumladan, avtomatlashtirilgan HR tizimlari, sun’iy intellekt va ma’lumotlar tahlilidan foydalanish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston ta’lim tizimida inklyuziv mehnat muhitini shakllantirishda raqamli HR instrumentlarining roli va ularning samaradorligi ilmiy asoslangan holda ko‘rib chiqilga.