Ushbu maqolada oliy ta’lim muassaslarida dasturlash tillariga oid fanlardan mustaqil ta’limni tashkil etishdagi mavjud muammolar va yechimlariga doir fikr mulohazalar keltirilgan. Shuningdek, dasturlash tillaridan mustaqil ta’limni tashkil etishni to‘rt bosqichli (ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish) tuzilmasi taklif etilgan va undan foydalanish usuli batafsil yoritilgan. Shu bilan birga mazkur maqolada tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan, ya’ni oliy ta’lim muassasalarida dasturlash tillaridan mustaqil ta’limni tashkil etish uchun taklif etilgan tuzilmani tadbiq etishga oid pedagogik tajriba-sinov ishlari olib borilgan va uning samaradorlik darajasi Styudent-Fisher kriteriyasidan foydalanib mаtеmаtik—stаtistik tаhlili
asosida isbotlangan.