TA’LIMNI RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA TALABALARNING METAPROFESSIONAL KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING INNOVATSION METODLARI TAHLILI

Ergasheva F.T,

Abstract

        Maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarining metaprofessional kompetentligini dars jarayonida rivojlantirishning innovatsion metodlari o‘rganilgan. Bunda oliy ta’lim muassasalarining “Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishi talabalariga o‘qitilayotgan “Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari” fani mavzularini o‘qitish jarayonida talabalarning metaprofessional kompetentligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi beshta o‘qitish metodlarini tadbiq etish metodikasi takomillashtirilgan.