Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida axborot texnologiyalari mutaxasisislarini tayyorlashdagi mavjud muammolar aniqlashtirilgan va ularning bartaraf etishga oid fikr mulohazalar keltirilgan. Shuningdek, mazkur maqolada kompyuter grafikasini o‘qitish va talabalarning turli grafik loyihalar tayyorlashga oid motivatsiyasini oshirish, kreativ, kognitiv fikrlashini rivojlantirish bo‘yicha tegishli metodlar, shakllarni tanlash va didaktik o‘qitish vositalarini ishlab chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan bir necha komponentlari asoslangan hamda talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishning xozirgi holatini tahlili keltirilgan. Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak axborot texnologiyalari mutaxassislarini tayyorlashda kasbiy fan sifatida o‘qitilib kelinayotgan kompyuter grafikasiga oid fanlardan mustaqil ta’lim topshiriqlarini berishni uch bosqichli tuzilmasi, modeli ishlab hamda baholash mezonlari ishlab chiqilib, tuzilma va modelni samaradorlik darajasini aniqlashga qaratilgan pedagogik tahriba-sinov ishlarining tahlili keltirilgan. Tajriba-sinov ishlarning natijalari Styudent-Fisher kriteriyasi asosida matematik-statistik tahlil etilgan va ilgari surilgan farazni to‘g‘riligi asoslangan.