Mazkur maqolada masofaviy texnologiyalar asosida mutaxassislarni tayyorlash jarayoni elektron ta’lim vositalaridan foydalangan holda adaptiv kombinatsiyalashgan kibernetik tizim sifatida yoritilgan, ushbu tizim qo‘zg‘atuvchi ta’sirlar bo‘yicha boshqaruv, og‘ish bo‘yicha boshqaruv hamda ochiq konturli boshqaruv elementlarini o‘zida mujassam etadi, tizimning chiqish parametri sifatida talabaning bilim darajasi qaraladi, an’anaviy sirtqi ta’lim tizimida o‘qituvchi bilan mashg‘ulotlar o‘rniga mustaqil ta’lim rejimida qo‘llaniladigan dasturiy o‘quv majmuasi yordamida talabaning masofaviy ta’lim jarayonini matematik tavsifi keltirilgan, bunda bilimlarni o‘zlashtirish, unutish va tiklash modellarini hamda masofaviy ta’limning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish nazarda tutiladi, shuningdek masofaviy texnologiyalar asosida ta’lim olayotgan turli profildagi mutaxassislarni tayyorlash sifati tadqiqoti uchun stoxastik bog‘liqlik ekstremumini izlashning moslashuvchan algoritmi vosita sifatida taklif etiladi.