O‘ZBEK TILI MATNLARIDA SEMANTIK O‘XSHASHLIKNI ANIQLASH UCHUN NEYRON TARMOQ VA VEKTORLI MODELLARNI INTEGRATSIYALASH

Norov A. M., Ruzimurodova L. B.

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi matnlarning semantik o‘xshashligini avtomatik aniqlash masalasi tadqiq etilgan. O‘zbek tilining agglutinativ xususiyati, so‘z shakllarining ko‘pligi va semantik jihatdan belgilangan ma’lumotlar to‘plamlarining nisbatan cheklanganligi matnlarni avtomatik semantik tahlil qilish jarayonini murakkablashtiradi. Tadqiqot doirasida matnning leksik-statistik xususiyatlarini ifodalovchi vektorli model hamda kontekstual semantik belgilarni aniqlovchi neyron tarmoq modelini integratsiyalashga asoslangan yondashuv taklif etiladi. Taklif etilayotgan modelda matnlarni dastlabki qayta ishlash, ularni vektorli
ko‘rinishga o‘tkazish, neyron tarmoq orqali kontekstual belgilarni ajratish va olingan belgilar asosida semantik o‘xshashlik koeffitsiyentini hisoblash bosqichlari birlashtiriladi. Mazkur yondashuv o‘zbek tilidagi leksik jihatdan farqli, biroq mazmunan yaqin matnlarni aniqlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.