Jahon ta’lim tizimida bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorgarligini oshirish maqsadida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga uyg‘unlashtirgan holda ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish dolzarb sanalmoqda. Janubiy Koreyada o‘tkazilgan Xalqaro ta’lim forumida 2030 yilgacha qabul qilingan “Incheon declaration”da “Ta’lim sifatini baholash jarayoni va vositalarini takomillashtirish, erishilgan natijalarni aniqlash imkonini beruvchi mexanizmlarni amaliyotga joriy etish” konsepsiyasi asosida fan va ta’lim yutuqlarini o‘quv materiallari mazmuniga singdirib borish, fanlarni o‘qitish va sifatini oshirishga oid innovatsion metodlarni va texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha keng qamrovdagi tadqiqot ishlari olib borilmoqda.