Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarining mustaqil ta’limini
tashkil etish muammolari yoritilgan. Shuningdek, talabalarning axborot texnologiyalari sohasida
frilanserlikka oid kompetentligini rivojlantirishda mustaqil ta’limdan foydalanish tuzilmasi taklif
etilgan. Shu bilan birga mazkur maqolada, tadqiqot doirasida taklif etilayotgan tuzilmani
samaradorligini aniqlash bo‘yicha tajriba-sinov ishlari olib borilgan hamda uning samaradorlik
darajasi Styudent-Fisher kriteriyasidan foydalanib isbotlangan.