TALABALARNING OBYEKTGA YO‘NALTIRILGAN DASTURLASH MUHITIDA ILOVALARNI ISHLAB CHIQISHGA OID KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MODELI

Hоshimоv О. P.

Abstract

 Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida dasturlash tillarini o‘qitish metodikasi va talabalarning dasturlashga oid mantiqiy, algoritmik, kreativ fikrlashi va kompetentligini rivojlantirish masalalariga doir olimlarning tadqiqotlari tahlil etilgan. Shuningdek, talabalarning obyektga yo‘naltirilgan dasturlash muhitida ilovalarni ishlab chiqishga oid kompetentligini rivojlantirish modeli takomillashtirilgan hamda uning samaradorligi pedagogik tajriba-sinov asosida isbotlangan.