OLIY TA’LIMDA «BLENDED LEARNING» VA «FLIPPED CLASSROOM» TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING METODIK ASOSLARI “FIZIK KIMYO VA KOLLOID KIMYO FANLARI MISOLIDA”

Xolmurodova L. E.

Abstract

 Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida “Blended Learning” va “Flipped Classroom” texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik-metodik asoslari fizik kimyo va kolloid kimyo fanlari misolida tahlil qilingan. Ushbu fanlarning nazariy tushunchalar, matematik hisobkitoblar, murakkab fizik-kimyoviy jarayonlar hamda laboratoriya tajribalariga asoslanganligi raqamli va an’anaviy ta’lim shakllarini integratsiyalash zaruratini yuzaga keltiradi. Tadqiqotda aralash ta’lim va teskari sinf texnologiyalarining mazmuni, didaktik imkoniyatlari, o‘quv jarayonini tashkil etish bosqichlari hamda o‘qituvchi va talabaning o‘zgaruvchi rollari yoritilgan. Shuningdek, videoma’ruzalar, interaktiv topshiriqlar, virtual laboratoriyalar, elektron ta’lim
resurslari va mustaqil ta’lim elementlaridan foydalanish orqali talabalarning nazariy bilimlarini
amaliy faoliyat bilan bog‘lash imkoniyatlari asoslangan. “Blended Learning” va “Flipped Classroom” texnologiyalarining fizik kimyo va kolloid kimyoni o‘qitishda talabalarning mustaqil ta’lim olish, tanqidiy fikrlash, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda fan bo‘yicha o‘zlashtirish samaradorligini oshirishdagi didaktik ahamiyati ko‘rsatib berilgan.