Maqolada STEAM ta’lim texnologiyasi asosida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shartlar nazariy-metodologik jihatdan asoslanadi. Mavjud yondashuvlar qiyosiy tahlil qilinib, kompetensiya defitsitini diagnostika qilish, STEAM komponentlarini adaptiv konfiguratsiyalash, dinamik kasbiy cheklovlar asosida yechimni transformatsiyalash hamda kechiktirilgan transfer orqali kompetentlikni verifikatsiyalashga tayangan DATT modeli taklif etiladi.